Jinoyat-protsessual kodeksi

423-modda. Sud majlisida ajrim chiqarish tartibi

(423-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 26 сентябрдаги ЎРҚ-1084-сонли Қонунига асосан тўртинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 26.09.2025 й., 03/25/1084/0874-сон)

Sud muhokamasi vaqtida hal qilinadigan barcha masalalar yuzasidan sud ajrim chiqaradi. Sud ehtiyot choralarini qo'llash (o'zgartirish, bekor qilish) to'g'risidagi, pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish haqidagi, O'zbekiston Respublikasidan chiqish huquqini vaqtincha cheklash to'g'risidagi, ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish haqidagi, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada bo'lishi muddatini uzaytirish to'g'risidagi, murdani eksgumatsiya qilish haqidagi, pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash to'g'risidagi, tintuv o'tkazish haqidagi, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to'g'risidagi, mol-mulkni xatlash haqidagi, rad qilishlar to'g'risidagi ajrimlarni, boshqa organlarga ijro etish uchun yuboriladigan o'zga ajrimlarni, shuningdek xususiy ajrimlarni alohida xonada (maslahatxonada) chiqaradi. Bu ajrimlar alohida hujjatlar tarzida rasmiylashtiriladi va sud tomonidan imzolanadi. Sudlanuvchining boshqa shaxslarga yoki boshqa shaxslarning sudlanuvchiga pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash to'g'risidagi sud ajrimida aloqa muassasasi tomonidan sudga pochta-telegraf jo'natmalarini yetkazib berish haqida ko'rsatma bo'lishi lozim. Ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan ishni yopiq sud majlisida ko'rish uchun asoslar mavjud bo'lganda sud ishni yopiq sud majlisida ko'rish to'g'risida ajrim chiqaradi. Boshqa barcha ajrimlar sudning xohishi bilan yo yuqorida ko'rsatilgan tartibda, yoki o'z joyida chiqarilib, bu ajrim sud majlisining bayonnomasiga yozib qo'yiladi. Sud muhokamasi vaqtida sudning chiqargan har bir ajrimi darhol e'lon qilinishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.