Agar sud tergovi vaqtida sudlanuvchining unga ilgari ayblov qo'yilmagan jinoyatni sodir etganligini ko'rsatuvchi holatlar aniqlansa, sud yangi ayblov bo'yicha jinoyat ishini qo'zg'atish to'g'risidagi masalani hal qilish uchun tegishli materiallarni ilova qilgan holda bu haqda prokurorga xabar qiladi.
Yangi ayblov dastlabki ayblov bilan uzviy bog'liq bo'lgan va ularni alohida-alohida ko'rish imkoniyati bo'lmagan hollarda, sudlanuvchini yangi ayblov bo'yicha jinoiy javobgarlikka tortish asoslarini aniqlash tartibi davlat ayblovini qo'llab-quvvatlovchi prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining yoxud sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga ko'ra amalga oshiriladi.
Iltimosnomada ayblovni to'ldirish bilan bog'liq protsessual harakatlarning o'tkazilishi zarurati asoslantirilgan bo'lishi kerak.
Sud berilgan iltimosnoma bo'yicha uni qanoatlantirish to'g'risida yoki qanoatlantirmasdan qoldirish haqida ajrim chiqaradi.
Iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sud ajrimda ayblovni to'ldirish to'g'risidagi masalani hal qilish uchun qanday holatlarga aniqlik kiritilishi lozimligini ko'rsatadi va uning ijrosini ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga ijro muddatini bir oygacha doirada ko'rsatgan holda topshiradi.
Qo'shimcha protsessual harakatlar natijalariga ko'ra davlat ayblovini qo'llab-quvvatlovchi prokuror sudga yig'ilgan dalillarni taqdim etadi, ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qo'shimchani o'qib eshittiradi hamda uning ko'chirma nusxasini sudlanuvchiga va uning himoyachisiga topshiradi.
Sud prokuror tomonidan taqdim etilgan materiallar bo'yicha taraflarning fikrini aniqlaydi va ularni jinoyat ishiga qo'shib qo'yish haqida ajrim chiqaradi.
Sud sudlanuvchining, uning himoyachisining iltimosnomasi bo'yicha ularning prokuror tomonidan taqdim etilgan qo'shimcha dalillar va ayblov dalolatnomasi yoki ayblov xulosasiga qo'shimcha bilan tanishishga, shuningdek ushbu dalillarga va xulosaga e'tirozlar taqdim etishga bo'lgan huquqini ta'minlaydi.
Sud ushbu moddaning sakkizinchi qismida ko'rsatilgan masalalarni hal qilishda sudlanuvchi va uning himoyachisi huquqlarini ta'minlash uchun sud majlisida o'n sutkagacha tanaffus e'lon qiladi.
Sudning ajrimi belgilangan muddatda ijro etilmagan yoki dastlabki ayblovni o'zgartirish yoki to'ldirish uchun dalillarni aniqlash imkoniyati mavjud bo'lmagan taqdirda, sud jinoyat ishida mavjud bo'lgan dalillar asosida sud muhokamasini davom ettiradi.
Sudning ajrimini ijro etish natijalari bo'yicha yoki sud muhokamasi jarayonida taqdim etilgan yangi dalillarni baholash va tekshirish ushbu Kodeks 443-moddasining ikkinchi qismida belgilangan tartibda o'tkaziladi.
To'plangan qo'shimcha dalillar va aniqlangan holatlar asosida prokuror og'irroq ayblovga o'zgartirilgan yoki to'ldirilgan ayblov asosida yoxud haqiqiy ahvolga ko'ra dastlabki ayblovdan jiddiy farq qiladigan ayblov asosida qarorning ta'rifini taraflar muzokaralarida sudga taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
416-modda. Sudlanuvchini yangi ayblov bo'yicha jinoiy javobgarlikka tortish uchun asoslar aniqlanganda sudning harakatlari
(416-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 январдаги ЎРҚ-664-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 13.01.2021 й., 03/21/664/0014-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.