Jinoyat-protsessual kodeksi

413-modda. Fuqaroviy da'vogar yoki fuqaroviy javobgarning sud majlisiga kelmasligi oqibatlari

Fuqaroviy da'vogar yoki uning vakili sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud fuqaroviy da'voni ko'rmaydi; bu holda mulkiy zarar ko'rgan shaxsning fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida da'vo qilish huquqi saqlanadi. Sud fuqaroviy da'voni fuqaroviy da'vogarning iltimosiga ko'ra uning ishtirokisiz ko'rishga haqlidir. Basharti fuqaroviy da'voni prokuror quvvatlasa yoki sud uni ko'rish zarur deb topsa, fuqaroviy da'vogar yoki uning vakili kelish-kelmasligidan qat'i nazar, sud fuqaroviy da'voni ko'raveradi. Fuqaroviy javobgar yoki uning vakilining sud majlisiga kelmasligi fuqaroviy da'voni ko'rishni to'xtatmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.