Surishtiruvchi va tergovchi fuqaroning og'ir va o'ta og'ir jinoyatlar to'g'risidagi ishda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingani haqida uning ish, o'qish yoki yashash joyidagi jamoaga xabar beradi, sud esa ularga shu ish bo'yicha sud muhokamasi qachon va qayerda o'tkazilishi haqida xabar beradi.
Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tadbirkorlik sub'yektining faoliyati bilan bog'liq jinoyat ishini ish yurituvga qabul qilganligi haqida tadbirkorlik sub'yektining jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etishi uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakilga yoki O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga xabar beradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
41-modda. Jamoat birlashmalarini, jamoalarni va tadbirkorlik sub'yektining jamoat himoyachisi sifatida ishtirok etadigan vakilini jinoyat ishi haqida xabardor qilish
(41-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 17 апрелдаги ЎРҚ-1131-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 18.04.2026 й., 03/26/1131/0377-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 19 июль)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.