Jinoyat-protsessual kodeksi

408-modda. Sud majlisida raislik qiluvchi

Sud majlisida shu sudning raisi, uning o'rinbosari yoki sudya raislik qiladi. Raislik qiluvchi sud majlisiga rahbarlik qiladi, ishning barcha holatlarini sinchkovlik bilan, har tomonlama, to'la va xolisona tekshirish hamda haqiqatni aniqlash uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hamma choralarni ko'radi, ko'rilayotgan ishga aloqasi bo'lmagan holatlarni sud muhokamasiga kiritmaydi. Raislik qiluvchi sud majlisi zalida tartibga rioya qilinishini ta'minlaydi. Uning farmoyishlari taraflar va barcha hozir bo'lganlar uchun majburiydir. Taraflardan yoki boshqa shaxslardan birortasi raislik qiluvchining harakatlariga e'tiroz bildirgan taqdirda bu e'tirozlar sud majlisining bayonnomasiga yozib qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.