Jinoyat ishini sudda muhokama qilishga tayinlash to'g'risida sudyaning ajrimi chiqarilgan vaqtdan boshlab ko'pi bilan o'n sutkada sud ishni ko'rishni boshlashi lozim.
Jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddati ishni muhokama qilish boshlangan kundan e'tiboran ikki oydan oshmasligi kerak.
Jinoyat ishini ko'rish to'xtatib turilgan vaqt ishni muhokama qilish muddatiga kirmaydi.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddat birinchi instantsiya sudining ajrimiga asosan Qoraqalpog'iston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, O'zbekiston Respublikasi harbiy sudining raisi tomonidan to'rt oygacha uzaytirilishi mumkin.
Sudlarda jinoyat ishlarini ko'rib chiqish muddatini to'rt oydan ko'proqqa uzaytirishga alohida hollarda faqat murakkab va ko'p voqeali ishlar bo'yicha yo'l qo'yiladi. Birinchi instantsiya sudining ajrimiga asosan besh oygacha bo'lgan bunday uzaytirish O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining o'rinbosari va olti oygacha bo'lgan shunday uzaytirish O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi tomonidan amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matn405-modda. Sud majlisida jinoyat ishini muhokama qilish muddati
(405-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 18 февралдаги ЎРҚ-675-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 18.02.2021 й., 03/21/675/0126-сон)
Oddiy tilda
NIMANI ANGLATADI
Sud jinoyat ishini muhokama qilishning asosiy muddati ikki oydir. Bu vaqt ishni ko'rishni boshlagan kundan hisoblanadi. Agar ish murakkab bo'lsa, muddat uzaytirilishi mumkin, lekin faqat yuqori sudlar ruxsati bilan.
KIMGA TEGISHLI
Bu qoida birinchi instantsiya sudlariga va ularning raislari hamda Oliy sud raislari o'rinbosarlariga tegishli.
AMALDA
Masalan, o'g'irlik ishi bo'yicha sud ikki oy ichida qaror chiqarishi kerak. Agar ish murakkab bo'lsa (ko'p guvohlar, murakkab dalillar), sud raisi Oliy suddan ruxsat so'rab muddatni to'rt oyga uzaytirilishi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.