Jinoyat-protsessual kodeksi

397-modda. Jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlash to'g'risidagi ajrim

(397-модданинг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 16 сентябрдаги ЎРҚ-716-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 17.09.2021 й., 03/21/716/0877-сон)

Jinoyat ishini sudda ko'rish uchun tayinlash to'g'risidagi ajrimda: 1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy; 2) sudyaning lavozimi va familiyasi; 3) sudlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, Jinoyat kodeksining unga nisbatan e'lon qilingan aybga doir moddasi; 4) ishning sud majlisida ko'rilishi uchun yetarli asoslar borligi to'g'risidagi xulosa; 5) sudlanuvchilarga nisbatan qo'llanilgan ehtiyot chorasi to'g'risidagi qaror; 6) sud muhokamasida davlat ayblovchisining va himoyachining ishtiroki; 7) ishning ochiq yoki yopiq sud majlisida ko'rilishi; 8) sud muhokamasining joyi va vaqti ko'rsatilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.