Jinoyat-protsessual kodeksi

381⁸-modda. Surishtiruvning surishtiruvchilar guruhi tomonidan amalga oshirilishi hamda tergov harakatlarining bir necha surishtiruvchilar tomonidan bajarilishi

Jinoyat ishi ko'p mehnat talab etsa, juda murakkab yoki o'ta dolzarb bo'lsa, prokuror yoki surishtiruv bo'linmasining boshlig'i shu ish bo'yicha surishtiruv ishlarini yuritishni doimiy yoki maxsus tuzilgan surishtiruvchilar guruhiga topshirishi mumkin. Surishtiruvchilar guruhini tuzish tartibi, guruh rahbari va a'zolarining vakolatlari, shuningdek tergov harakatlarining bir necha surishtiruvchilar tomonidan bajarilishi tartibi ushbu Kodeksning 354 — 357-moddalarida belgilangan tergovchilar guruhini tuzish, guruh rahbarining va guruh a'zolari bo'lgan tergovchilarning vakolatlari, shuningdek tergov harakatlarini bir necha tergovchilar tomonidan bajarish tartibi bilan bir xil belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.