Har bir surishtiruvchi o'z yurituvida bo'lgan jinoyat ishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasining hududida istalgan joyda biror tergov harakatini shaxsan o'zi bajarishga yoxud uni o'tkazishni boshqa surishtiruvchiga topshirishga haqlidir.
Surishtiruvchining topshirig'ida ijro etuvchi uchun majburiy bo'lgan ijro muddati ko'rsatiladi. Topshiriqni bu muddat ichida ijro etishning iloji bo'lmasa, topshiriq olgan shaxs topshiriq bergan surishtiruvchiga topshiriq qachon bajarilishi mumkinligi to'g'risida yozma ravishda, telegramma yoki telefonogramma orqali xabar qiladi va uning ko'rsatmalariga binoan topshiriqni bajarishni davom ettiradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
381⁴-modda. Surishtiruvchining topshiriqlarini bajarish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.