Jinoyat-protsessual kodeksi

381²-modda. Jinoyat ishining tergovga tegishliligi

(381²-модда биринчи қисмининг 1-банди Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)

Surishtiruv quyidagilarning surishtiruvchilari tomonidan olib boriladi: 1) ichki ishlar organlarining — Jinoyat kodeksining 105-moddasi birinchi qismida, 109-moddasida, 110-moddasi birinchi qismida, 111, 112-moddalarida, 114-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 115-moddasida, 117-moddasi birinchi qismida, 120-moddasida, 121-moddasi birinchi qismida, 122¹-moddasi birinchi qismida, 125, 125¹, 126-moddalarida, 126¹-moddasi birinchi — to'rtinchi qismlarida, 127¹-moddasi birinchi qismida, 129-moddasi birinchi qismida, 129¹-moddasi birinchi qismida, 131-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 133-moddasi birinchi qismida, 136-moddasida, 138-moddasi birinchi qismida, 139, 140-moddalarida, 168-moddasi birinchi qismida, 169-moddasi birinchi qismida, 170-moddasida, 171-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 172-moddasida, 173-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 185, 185¹-moddalarida, 196¹-moddasi birinchi qismida, 196²-moddasi birinchi qismida, 216¹-moddasi birinchi qismida, 216²-moddasida, 225-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 226-moddasi birinchi qismida, 227, 227¹-moddalarida, 228-moddasi birinchi va uchinchi qismlarida, 228¹-moddasida, 228²-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 229, 229²-moddalarida, 229³-moddasi birinchi — beshinchi qismlarida, 244⁴-moddasi birinchi qismida (bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish bilan bog'liq jinoyatlardan tashqari), 244⁵, 244⁶-moddalarida, 248¹-moddasi birinchi qismida, 255²-moddasi birinchi qismida, 259-moddasi birinchi qismida, 260-moddasi birinchi qismida, 260¹-moddasi birinchi qismida, 261, 261¹, 261²-moddalarida, 262-moddasi birinchi qismida, 262¹-moddasi birinchi qismida, 263¹-moddasi birinchi qismida, 266-moddasi birinchi qismida, 268-moddasi birinchi qismida, 269-moddasi birinchi qismida, 270-moddasi birinchi qismida, 273-moddasi birinchi qismida, 274-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida, 276-moddasi birinchi qismida, 276⁵-moddasida, 276⁸-moddasi birinchi qismida, 276⁹-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 276¹⁰-moddasi birinchi qismida, 277-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278-moddasi uchinchi va to'rtinchi qismlarida, 278¹— 278⁶-moddalarida, 278⁷-moddasi birinchi qismida, 278⁸-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278⁹-moddasi birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha; 2) O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi hamda uning joylardagi bo'linmalari — Jinoyat kodeksining 122, 123-moddalarida, 232-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha; 3) O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda uning joylardagi bo'linmalari — Jinoyat kodeksining 177-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 179, 183-moddalarida, 184-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida (bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish bilan bog'liq jinoyatlardan tashqari), 184¹, 185²-moddalarida, 189 — 192-moddalarida, 276¹¹-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha; 4) O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi hamda uning joylardagi bo'linmalari — Jinoyat kodeksining 130-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 130¹-moddasida, 184-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 244³-moddasida, 244⁴-moddasi birinchi qismida, 250¹-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish bilan bog'liq bo'lgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha. 5) O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va uning joylardagi bo'linmalari — Jinoyat kodeksining 250¹-moddasi birinchi qismida (bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish bilan bog'liq jinoyatlardan tashqari) va 259¹-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar to'g'risidagi ishlar bo'yicha. Jinoyat kodeksining 130-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida (bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish bilan bog'liq jinoyatlardan tashqari), 130¹-moddasida (bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish bilan bog'liq jinoyatlardan tashqari), 167-moddasi birinchi qismida, 186²-moddasi birinchi qismida, 244³-moddasida (bojxona to'g'risidagi qonunchilikni buzish bilan bog'liq jinoyatlardan tashqari) nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha surishtiruv ishni qo'zg'atgan organ tomonidan olib boriladi. Jinoyat kodeksining 237-moddasi birinchi qismida, 238-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 239, 240-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha surishtiruv ushbu ish qo'zg'atilishiga sabab bo'lgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli bo'lsa, o'sha organ tomonidan olib boriladi. Agar surishtiruvni olib borishda boshqa surishtiruv organi tergoviga tegishli yangi jinoyat aniqlansa, ishni yuritayotgan surishtiruv organi faqat tegishli prokurorning roziligi bilan surishtiruvni to'liq hajmda tamomlashi mumkin. Agar surishtiruvni olib borishda dastlabki tergov organiga tegishli bo'lgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bog'liq bo'lgan yangi jinoyat aniqlansa, prokurorning roziligi bilan jinoyat ishi ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovning tegishliligiga ko'ra dastlabki tergov organiga o'tkaziladi. Agar surishtiruvni olib borishda dastlabki tergov organiga tegishli bo'lgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bog'liq bo'lmagan yangi jinoyat aniqlansa, jinoyat ishini ajratish va boshqalarga o'tkazish ushbu Kodeksning 332 va 345-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu Kodeks 345-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa, ajratilgan jinoyat ishi bo'yicha dastlabki tergovni amalga oshirish prokuror tomonidan dastlabki tergov organiga topshiriladi. Turli surishtiruv organlariga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror surishtiruvni olib borishni og'irroq jinoyat to'g'risidagi jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli bo'lsa shu organga, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng bo'lganda esa, jinoyat ishi bo'yicha uzoqroq muddat davomida surishtiruv olib borayotgan organga topshiradi. Surishtiruv organlari tergoviga tegishli bo'lgan jinoyat ishlari boshqa dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli bo'lgan jinoyat ishlari bilan bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni ushbu Kodeksning 345-moddasida belgilangan tergovga tegishlilik qoidalari bo'yicha dastlabki tergov organiga topshiradi. Jinoyat qayerda sodir etilgan bo'lsa, jinoyat ishi o'sha tuman (shahar) surishtiruv organining surishtiruvchisiga tegishli bo'ladi. Surishtiruv, agar ish holatlarini ancha tez, puxta, to'la, xolisona, har tomonlama tekshirishga yordam bersa, ish qo'zg'atilgan joyda yoki gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi yoki guvohlarning ko'pchiligi turgan yerda ham o'tkazilishi mumkin. Yuqori turuvchi prokuror yoki yuqori turuvchi surishtiruv bo'linmasi boshlig'ining farmoyishiga asosan surishtiruv hududiy jihatdan tergovga tegishlilik qoidalariga rioya qilinmagan holda olib borilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tergovchilari ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan jinoyat ishlari bo'yicha tergovni surishtiruv shaklida amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.