Jinoyat-protsessual kodeksi

381¹⁴-modda. Iltimoslar qilish va ularni ko'rib chiqish tartibi

Ayblanuvchi, himoyachi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da'vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari ish bilan tanishib chiqishgach yoki biror sababga ko'ra tanishib chiqishdan bosh tortganlaridan keyin surishtiruvchi ulardan qo'shimcha surishtiruv harakatlarini o'tkazish yoki yangi qarorlar qabul qilish xususida iltimoslari bor yoki yo'qligini aniqlaydi. Taraflarning arizasiga binoan ularga iltimosnomalar tayyorlash va taqdim qilish uchun ikki sutka doirasida vaqt berilishi mumkin. Surishtiruvchi iltimosnomani to'la yoki qisman rad qilish to'g'risida qaror chiqaradi va bu haqda iltimosnoma berilgan vaqtdan boshlab uch sutka ichida arizachiga xabar beradi. Arizachi iltimosni qondirish rad qilinganligi to'g'risidagi qaror bilan tanishib chiqqanidan keyin ikki sutka ichida prokurorga rad etilganlik ustidan shikoyat qilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.