Jinoyat ishi ushbu Kodeksning 83 va 84-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud bo'lganda tugatiladi.
Ushbu Kodeks 84-moddasi birinchi qismining 2-bandida nazarda tutilgan asos mavjud bo'lganda jinoyat ishini tugatish ushbu Kodeksning 63-bobida nazarda tutilgan qoidalarga binoan sud tomonidan amalga oshiriladi.
Surishtiruvchining jinoyat ishini tugatish to'g'risidagi qarori ushbu Kodeksning 374-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda tuziladi.
Surishtiruvchi ishni tugatish to'g'risida qaror chiqargach, bu haqda gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, himoyachiga, shuningdek jabrlanuvchiga, fuqaroviy da'vogarga, fuqaroviy javobgarga va ularning vakillariga, xuddi shuningdek ish korxona, muassasa, tashkilot yoki fuqaroning bergan xabari bilan qo'zg'atilgan bo'lsa, shu korxona, muassasa, tashkilot vakillariga yoxud fuqaroga xabar qiladi. Ayni vaqtda ularga ishni tugatish to'g'risidagi qaror ustidan prokurorga shikoyat qilish huquqi tushuntiriladi.
Harbiy xizmatga chaqiriluvchi shaxsga nisbatan ish tugatilganda surishtiruvchi bu haqda yetti kunlik muddat ichida yozma tarzda tuman (shahar) mudofaa ishlari bo'limiga xabar qiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
381¹¹-modda. Jinoyat ishini tugatish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.