Tergovchi dastlabki tergovni to'xtatish asoslariga qarab ichki ishlar organlari va boshqa vakolatli organlardan ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinishi lozim bo'lgan shaxslarni aniqlash, yashirinib yurgan ayblanuvchilarni qidirib topish uchun ko'rilayotgan choralardan muntazam xabardor bo'lib turadi va shu maqsadda o'zi so'rov xatlari yuboradi, ma'lumotlar va tushuntiruvlar oladi, jamoatchilikning yordamidan foydalanadi yoxud ayblanuvchining dastlabki tergovning to'xtatilishiga sabab bo'lgan kasalligidan vaqti-vaqti bilan xabardor bo'lib turadi. Ayblanuvchi O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketgan hollarda tergovchi jinoyat sodir etishda ayblanayotgan va boshqa davlatlar hududida yashirinib yurgan shaxslarni ushlab berishni tartibga soluvchi qonunchilikka va xalqaro shartnomalarga muvofiq choralar ko'radi.
Dastlabki tergov to'xtatilgandan keyin va u qayta tiklangunga qadar tergov harakatlari o'tkazilishiga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
370-modda. Tergovchining dastlabki tergov to'xtatilgandan keyingi harakatlari
(370-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.