Jinoyat-protsessual kodeksi

369-modda. Dastlabki tergovni to'xtatish to'g'risidagi qaror

Jinoyat ishi bo'yicha dastlabki tergov tergovchining qarori bilan to'xtatiladi. Bu qarorda ishning mohiyati hamda tergovni to'xtatish asoslari, ushbu Kodeks 364-moddasining birinchi qismidagi 2, 3 va 4-bandlarda nazarda tutilgan hollarda esa, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan shaxs ham ko'rsatiladi. Tergovchi dastlabki tergovni to'xtatgach, bu haqda jabrlanuvchini, fuqaroviy da'vogarni, fuqaroviy javobgarni va ularning vakillarini xabardor qiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.