Jinoyat-protsessual kodeksi

352-modda. Tergov harakatlarini o'tkazishda xolislarning ishtiroki

Dastlabki tergovda olib qo'yish, tintuv o'tkazish, ko'zdan kechirish, guvohlantirish, eksperiment o'tkazish, tanib olish uchun ko'rsatish, ko'rsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish, ekspert tadqiqotini o'tkazish uchun namunalar olish, murdani eksgumatsiya qilish kamida ikki nafar xolis ishtirokida amalga oshiriladi. Basharti bir tergov harakatini bir necha tergovchi yoki tergovchi va u rahbarlik qilayotgan surishtiruvchilar bir paytning o'zida turli xonalarda yoki bir-biridan ancha uzoq joylarda o'tkazayotgan bo'lsalar, har bir tergovchi va surishtiruvchi huzurida doimo kamida ikki nafar xolis ishtirok etishi lozim. Fuqaro tergovchining qonuniy talablarini va takliflarini bajarishdan bosh tortayotganligini yoki tergovchiga qarshilik ko'rsatayotganligini yoxud dastlabki tergov yuritish tartibiga to'g'ri kelmaydigan boshqa huquqqa zid xatti-harakatlar qilayotganini tasdiqlash uchun ham xolislar taklif qilinadilar. Ushbu Kodeksning 93-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.