Jinoyat-protsessual kodeksi

348¹-modda. Yo'qolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash

(348¹-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)

Yo'qolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash prokurorning qaroriga ko'ra, jinoyat ishi yoxud uning materiallari sudda yo'qolgan taqdirda esa ijro etish uchun prokurorga yuboriladigan sud ajrimiga ko'ra amalga oshiriladi. Yo'qolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash jinoyat ishi hujjatlarining ushbu Kodeksda belgilangan tartibda dalillar deb topilishi mumkin bo'lgan saqlab qolingan ko'chirma nusxalari bo'yicha va protsessual harakatlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. Jinoyat ishi tiklanayotganda surishtiruv, dastlabki tergov ishlarini yuritish, qamoqda saqlash va uy qamog'i muddatlari ushbu Kodeksning 245, 351 va 381⁷-moddalarida belgilangan tartibda hisoblanadi. Agar yo'qolgan jinoyat ishi bo'yicha qamoqda saqlashning yoki uy qamog'ining oxirgi muddati tugagan bo'lsa, ayblanuvchi darhol ozod qilinishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.