Ushbu moddaning ikkinchi — sakkizinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyat ishlari bo'yicha dastlabki tergov o'tkazilishi shart.
Jinoyat kodeksining 97 — 103¹, 108, 116, 132, 137, 141 — 149³-moddalarida, 169-moddasi ikkinchi qismining «d» va «ye» bandlarida hamda uchinchi qismining «g» bandida, 175-moddasida, 192¹ — 192¹², 197¹, 205 — 215, 218 — 222, 229¹-moddalarida, 229³-moddasi oltinchi qismida, 229⁴, 229⁵, 230 — 230², 231-moddalarida, 232-moddasi ikkinchi qismida, 232¹ — 236, 241¹ — 242, 265-moddalarida, 276¹¹-moddasi uchinchi va to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha, shuningdek qonunda ko'rsatilgan ayrim toifadagi mansabdor shaxslarning jinoyatlariga doir ishlar bo'yicha dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Jinoyat kodeksining 279 — 302-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha, shuningdek harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha dastlabki tergov harbiy prokuratura tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Jinoyat kodeksining 150 — 163, 182, 223, 246-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha dastlabki tergov davlat xavfsizlik xizmati tergovchilari tomonidan olib boriladi.
Jinoyat kodeksining 104-moddasida, 105-moddasi ikkinchi qismida, 106, 107-moddalarida, 110-moddasi ikkinchi qismida, 114-moddasi uchinchi qismida, 115¹-moddasida, 117-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 118, 119-moddalarida, 121-moddasi ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlarida, 122¹-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 124-moddasida, 126¹-moddasi beshinchi — sakkizinchi qismlarida, 127-moddasida, 127¹-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128, 128¹-moddalarida, 129-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 131-moddasi uchinchi va to'rtinchi qismlarida, 133-moddasi ikkinchi qismida, 133¹, 133², 134, 135-moddalarida, 138-moddasi ikkinchi qismida, 164, 165, 166-moddalarida, 168-moddasi ikkinchi — to'rtinchi qismlarida, 169-moddasi ikkinchi qismining «a», «b», «v» va «g» bandlarida, uchinchi qismining «a», «b» va «v» bandlarida hamda to'rtinchi qismida, 171-moddasi uchinchi qismida, 173-moddasi uchinchi qismida, 176-moddasida, 193 — 196-moddalarida, 196¹-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 196²-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 197-moddasida, 198 — 204, 216-moddalarida, 216¹-moddasining ikkinchi qismida, 217-moddasida, 225-moddasi uchinchi qismida, 226-moddasi ikkinchi qismida, 228-moddasi ikkinchi qismida, 228²-moddasi uchinchi qismida, 229⁶, 244, 244³-moddalarida, 244⁴-moddasi ikkinchi — to'rtinchi qismlarida, 245, 247, 248-moddalarida, 248¹-moddasi ikkinchi — to'rtinchi qismlarida, 249, 250-moddalarida, 250¹-moddasi ikkinchi — to'rtinchi qismlarida, 252 — 255¹-moddalarida, 255²-moddasi ikkinchi — to'rtinchi qismlarida, 256, 257, 258-moddalarida, 259-moddasi ikkinchi qismida, 260-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 260¹-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 262-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 262¹-moddasi ikkinchi qismida, 263-moddasida, 263¹-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 264-moddasida, 266-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 267-moddasida, 268-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 269-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 270-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 271-moddasida, 273-moddasi ikkinchi — oltinchi qismlarida, 274-moddasi to'rtinchi va beshinchi qismlarida, 275-moddasida, 276-moddasi ikkinchi qismida, 276¹ — 276⁴-moddalarida, 276⁶, 276⁷-moddalarida, 276⁸-moddasi ikkinchi qismida, 276⁹-moddasi uchinchi, to'rtinchi va beshinchi qismlarida, 276¹⁰-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 276¹³-moddalarida, 277-moddasi uchinchi qismida, 278-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278⁷-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha, shuningdek voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlarga doir barcha ishlar bo'yicha (qasddan odam o'ldirish bilan bog'liq bo'lgan jinoyatlar bundan mustasno) dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Jinoyat kodeksining 177-moddasi uchinchi va to'rtinchi qismlarida, 180 — 181¹-moddalarida, 184-moddasi uchinchi qismida, 186¹-moddasida, 276¹¹-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha dastlabki tergov O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Jinoyat kodeksining 129¹-moddasi ikkinchi qismida, 167-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 178-moddasida, 186²-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 188, 188¹, 243, 244¹, 244², 276¹²-moddalarida, 278⁸-moddasi uchinchi qismida, 278⁹-moddasi to'rtinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar to'g'risidagi ishlar bo'yicha dastlabki tergov ish qo'zg'atgan dastlabki tergov organi tomonidan amalga oshiriladi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organ yoki surishtiruv organi tomonidan ushbu qismda nazarda tutilgan jinoyatlar bo'yicha ish qo'zg'atilgan taqdirda, ish bo'yicha tergovni amalga oshiruvchi dastlabki tergov organi prokuror tomonidan belgilanadi.
Jinoyat kodeksining 237 — 241-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar bo'yicha dastlabki tergov ushbu ish qo'zg'atilishiga sabab bo'lgan jinoyat qaysi organning tergoviga tegishli bo'lsa, o'sha organ tomonidan olib boriladi.
Agar tergovni olib borishda boshqa dastlabki tergov organi tergoviga tegishli yangi jinoyat aniqlansa, ishni yuritayotgan dastlabki tergov organi faqat tegishli prokurorning roziligi bilan tergovni to'liq hajmda tamomlashi mumkin.
Agar tergovni olib borishda surishtiruv organiga tegishli bo'lgan va tergov qilinayotgan jinoyat ishi bilan bog'liq bo'lmagan yangi jinoyat aniqlansa, jinoyat ishini ajratish va boshqalarga o'tkazish ushbu Kodeksning 332 va 381²-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda agar mazkur yangi jinoyat ushbu Kodeks 381²-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlar turkumiga kirsa, ajratilgan jinoyat ishi bo'yicha surishtiruvni amalga oshirish prokuror tomonidan surishtiruvchiga topshiriladi.
Turli dastlabki tergov organlari tergoviga tegishli jinoyat ishlari bitta ish yurituviga birlashtirilganda, prokuror tergovni olib borishni og'irroq jinoyat to'g'risidagi jinoyat ishining tergovi qaysi organga tegishli bo'lsa, shu organga, jinoyatlarning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi teng bo'lganda esa, jinoyat ishini uzoqroq muddat davomida tergov qilayotgan organga topshiradi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning o'rinbosarlari yoki Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, shuningdek ularga tenglashtirilgan prokurorlar tergovning har tomonlama, to'liq va xolisona olib borilishini ta'minlash maqsadida jinoyat ishini, tergovga tegishlilik qoidalaridan qat'i nazar, quyidagi hollarda asoslantirilgan qarorga binoan bir dastlabki tergov organidan boshqasiga o'tkazishga haqli:
1) agar jinoyat ishining tergovi tegishli bo'lgan organ jinoyatni hisobga olishdan ilgari yashirgan bo'lsa;
2) agar jinoyat ishining tergovi tegishli bo'lgan organning rahbari yoki rahbarning yaqin qarindoshi ish yuzasidan jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi yoxud ayblanuvchi, fuqaroviy da'vogar yoki fuqaroviy javobgar deb topilgan bo'lsa;
3) aybsizligi ayon bo'lgan shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb etilganda yoki qamoqqa olish yoki uy qamog'i tarzidagi ehtiyot chorasini qo'llash to'g'risida oldindan bila turib qonunga xilof ravishda iltimosnoma qo'zg'atilganda;
4) dastlabki tergovni olib borishda qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlari qo'llanilganda;
5) tergovning natijalariga va ish bo'yicha qonuniy qaror qabul qilinishiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan tarzda ushbu Kodeks talablari buzilganda.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
345-modda. Jinoyat ishining tergovga tegishliligi
(345-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.