Ushbu Kodeksning 322-moddasida nazarda tutilgan sabab va asoslar mavjud bo'lgan taqdirda jinoyat ishini qo'zg'atish to'g'risida surishtiruvchi, tergovchi, prokuror shuningdek tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi qaror chiqaradi.
Qarorda: ishni qo'zg'atish sabablari va asoslari; Jinoyat kodeksining jinoyat ishi qo'zg'atilgan jinoyatni nazarda tutuvchi moddasi; bundan buyon ishni o'z yurituviga oluvchi mansabdor shaxs ko'rsatiladi.
Jinoyat ishini qo'zg'atish to'g'risidagi qarorning ko'chirma nusxasi ushbu ishning tergov qilinishi ustidan nazoratni amalga oshirishi lozim bo'lgan prokurorga yuboriladi.
Ish qo'zg'atilgandan keyin uzoqqa cho'zilgan jinoyatlarning oldini olish va jinoyatlar takrorlanishiga yo'l qo'ymaslik, shuningdek ish uchun ahamiyati bo'lishi ehtimol tutilgan jinoyat izlarini, narsalarni, hujjatlarni va elektron ma'lumotlarni mustahkamlash va qo'riqlash yuzasidan darhol choralar ko'rish lozim.
Tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lgan faktlar bo'yicha tadbirkorlik sub'yektiga nisbatan jinoyat ishini qo'zg'atishga faqat Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining roziligi bilan yoxud O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning o'rinbosarining roziligi bilan yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
331-modda. Jinoyat ishini qo'zg'atish tartibi
(331-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.