Jinoyat-protsessual kodeksi

327-modda. Ommaviy axborot vositalari bergan xabarlar

Muayyan jinoyat to'g'risida matbuot, radio va televideniye, hujjatli kinofilmlardagi, shuningdek ommaviy axborot vositalariga yo'llangan, lekin e'lon qilinmagan xatlardagi xabarlar jinoyat ishini qo'zg'atishga sabab bo'ladi. Jinoyat to'g'risidagi xabarni e'lon qilgan yoki tegishli joylarga yuborgan ommaviy axborot vositalari, shuningdek bu xabar mualliflari surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning talabiga asosan o'z ixtiyorlarida bo'lgan hujjatlarni va xabarni tasdiqlovchi boshqa materiallarni taqdim qilishlari shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.