Criminal Procedure Code

324-modda. Shaxslarning arizalari

Shaxslarning jinoyat to'g'risidagi arizalari yozma yoki og'zaki bo'lishi mumkin. Yozma ariza arz qiluvchi shaxs tomonidan imzolangan bo'lishi lozim. Og'zaki ariza bayonnomada qayd etiladi. Bayonnomada arz qiluvchi, uning yashash va ishlash joyi, shuningdek shaxsiy hujjatlari to'g'risidagi ma'lumotlar aks ettirilishi lozim. Basharti arz qiluvchi hujjat ko'rsata olmasa, uning shaxsi to'g'risidagi ma'lumotlarni boshqa yo'llar bilan tekshirish chorasi ko'rilishi kerak. Arz qiluvchi jinoyat to'g'risida bila turib yolg'on xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiriladi va bu xususda bayonnomada qayd qilinib, uning imzosi bilan tasdiqlanadi. So'ngra bayonnomada jinoyat sodir etish holatlari xususidagi ma'lumotlar arz qiluvchi nomidan, iloji boricha so'zma-so'z aks ettiriladi. Bayonnomani arz qiluvchi va arizani qabul qilgan mansabdor shaxs imzolaydilar. Jinoyat ishini qo'zg'atishga ushbu Kodeksning 113-moddasida nazarda tutilgan aybini bo'yniga olish to'g'risidagi arz sabab bo'lsa, bila turib yolg'on xabar berganlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to'g'risida ogohlantirilmasligini mustasno etganda, unga shaxslarning arizalarini qabul qilish va rasmiylashtirish to'g'risidagi ushbu moddada nazarda tutilgan barcha qoidalar taalluqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Jinoyat to'g'risidagi ariza — bu fuqaro yoki tashkilotning jinoyat sodir bo'lgani haqida hokimiyat organiga bergan xabari. Ariza yozma yoki og'zaki bo'lishi mumkin. Og'zaki arizani qabul qilgan shaxs bayonnomani tuzadi va unda arizachi haqida ma'lumotlar, jinoyat haqida to'liq ma'lumotlar yoziladi. **Kimga tegishli** Bu qoida barcha fuqaro va tashkilotlarga tegishli bo'lib, ular jinoyat haqida xabar berish huquqiga ega. **Amalda** Qo'qon shahrida yashayotgan Alisher o'z uyiga kirib o'g'ri bo'lgan odam haqida polis bilan bog'lanadi. Polis Alisherni qabul qilib, bayonnomani tuzadi va unda Alisher, uning manzili, jinoyat haqida to'liq ma'lumotlar yozadi. Alisher bayonnomani imzolaydi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.