Ushbu Kodeks 83-moddasida nazarda tutilgan asoslarga ko'ra chiqarilgan oqlov hukmida yoki ishni tugatish haqidagi ajrimda sud, ishni tugatish to'g'risidagi qarorda esa surishtiruvchi, tergovchi, prokuror reabilitatsiya etilgan shaxsning o'ziga yetkazilgan mulkiy ziyonni undirib olish huquqini e'tirof etishlari lozim. Hukm, ajrim yoki qarorning nusxasi reabilitatsiya etilgan shaxsga topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi. Ayni vaqtda unga hukm, ajrim yoki qaror ustidan shikoyat qilish tartibi, shuningdek mulkiy ziyonni qoplash va boshqa huquqlarini tiklab olish tartibi tushuntiriladi.
Reabilitatsiya etish to'g'risida qaror chiqargan sud, prokuror, tergovchi yoki surishtiruvchi reabilitatsiya etilgan shaxsdan ariza tushgan kundan boshlab bir oydan kechiktirmasdan ziyon miqdorini aniqlaydi, zarurat tug'ilganda buning uchun moliya organlaridan va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi bo'limlaridan hisob-kitob talab qilib oladi. Ish apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish tartibida ko'rish chog'ida sud tomonidan tugatilgan bo'lsa, ziyon miqdorini hukm chiqargan sud aniqlaydi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
306-modda. Mulkiy ziyonni undirish huquqi va uning miqdori masalasini hal qilish
(306-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2023 йил 27 сентябрдаги ЎРҚ-869-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 27.09.2023 й., 03/23/869/0730-сон — 2024 йил 1 январдан кучга киради)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.