Jinoyat-protsessual kodeksi

285-modda. Jinoiy yo'l bilan orttirilgan mol-mulkning bundan buyon kimga tegishli bo'lishini belgilash

(285-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2011 йил 12 декабрдаги ЎРҚ-311-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2011 й., 51-сон, 542-модда)

Ayblanuvchi tomonidan jinoiy yo'l bilan orttirilgan pullar, buyumlar va boshqa boyliklar sud hukmi bilan yetkazilgan mulkiy ziyonni qoplash uchun sarflanadi, ziyonni qoplashdan ortgan summa esa, davlat foydasiga o'tkaziladi. Jinoyat narsasi bo'lmish mol-mulk uchinchi shaxslarda topilib, ulardan tortib olingan va tegishligiga qarab, qaytarilgan bo'lsa, sudlanuvchi tomonidan ushbu mol-mulkni sotish yo'li bilan orttirilgan pullar, buyumlar va boshqa boyliklar sud hukmi bilan davlat egaligiga o'tkaziladi. Mol-mulkni insofli egallovchiga bu mol-mulk egasiga qaytarilishi natijasida yetkazilgan ziyonni undirish haqida mahkumga nisbatan fuqaroviy sud ishlarini yuritish tartibida da'vo qo'zg'atish huquqi tushuntiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.