Jinoyat-protsessual kodeksi

277-modda. Fuqaroviy da'vogar deb e'tirof etish

Fuqaroviy da'vo qo'zg'atilgan hollarda sodir etilgan qilmish oqibatida shaxsga mulkiy ziyon yetkazilgan deb hisoblasa, uni fuqaroviy da'vogar deb e'tirof etish to'g'risida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Qarorning yoki ajrimning nusxasi da'voni qo'zg'atgan shaxsga yoki uning vakiliga taqdim etiladi. Bunda fuqaroviy da'vogarga ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar, fuqaroviy da'vogar deb e'tirof etish rad qilingan shaxsga esa, qaror ustidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.