Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish uchun asoslar mavjud bo'lganda prokuror, tergovchi va surishtiruvchi shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqida mazkur protsessual majburlov chorasini qo'llash asoslarini bayon etgan holda qaror chiqaradi.
Shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qarorda: tibbiy muassasaga joylashtiriladigan shaxs haqidagi ma'lumotlar va uning protsessual holati; shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish asoslari; shaxs joylashtiriladigan tibbiy muassasaning nomi; ehtiyot chorasi to'g'risida taklif etilayotgan qaror ko'rsatiladi. Qarorga iltimosnomani asoslovchi zarur materiallar ilova qilinadi.
Surishtiruvchining yoki tergovchining shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qarori va zarur materiallar prokurorga yuboriladi.
Prokuror shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risidagi iltimosnomaning asosliligini tekshirib, unga rozi bo'lgan taqdirda, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish haqidagi qarorni va zarur materiallarni sudga yuboradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
266-modda. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to'g'risida iltimosnoma qo'zg'atish
(266-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.