Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo'lmagan yoxud ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risidagi materialni ko'rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo'lgan taqdirda, Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko'rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko'rib chiqiladi.
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risidagi iltimosnoma yopiq sud majlisida, materiallar kelib tushgan paytdan e'tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmasdan ko'rib chiqiladi.
Sud majlisida prokuror, ayblanuvchi, shuningdek, agar ishda qatnashayotgan bo'lsa, himoyachi va qonuniy vakil ishtirok etadi. Zarur bo'lganda surishtiruvchi, tergovchi sudga chaqirilishi mumkin.
Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish uchun monelik qilmaydi.
Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish prokurorning ma'ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur protsessual majburlov chorasini qo'llash zaruratini asoslab beradi. So'ngra ayblanuvchi, himoyachi, sudda hozir bo'lgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim qilingan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
257-modda. Ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish
(257-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 28 январдаги ЎРҚ-1022-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2025 й., 03/25/1022/0083-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.