Jinoyat-protsessual kodeksi

254⁴-modda. Sud ajrimi

(254⁴-модданинг еттинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 28 январдаги ЎРҚ-1022-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 29.01.2025 й., 03/25/1022/0083-сон)

Sudya pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqib, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi: 1) pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risida; 2) pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turishni rad etish haqida. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi sudyaning ajrimida: qidiruv e'lon qilingan ayblanuvchi yoki sudlanuvchi haqidagi ma'lumotlar; pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish asoslari ko'rsatiladi. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi asoslantirilgan bo'lishi kerak. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi yoki pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turishni rad etish haqidagi sudyaning ajrimi u o'qib eshittirilgan paytdan e'tiboran kuchga kiradi. Sudyaning ajrimi ijro etish uchun prokurorga, ma'lumot uchun esa, himoyachiga yuboriladi. Sudyaning ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e'tiboran qirq sakkiz soat ichida ayblanuvchining yoki sudlanuvchining himoyachisi va qonuniy vakili tomonidan shikoyat berilishi yoxud apellyatsiya tartibida prokuror tomonidan protest bildirilishi mumkin. Shikoyat, protest ajrimni chiqargan sud orqali berilib, mazkur sud qirq sakkiz soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instantsiyasi sudiga yuborishi shart. Shikoyat yoki protest berish pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi sudyaning ajrimi ijrosini to'xtatib turadi. Apellyatsiya instantsiyasi sudining sudyasi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e'tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay yakka tartibda ko'rib chiqishi kerak. Apellyatsiya instantsiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini ko'rib chiqib, o'z ajrimi bilan: sudyaning ajrimini o'zgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa, qanoatlantirmasdan qoldirishga; sudyaning ajrimini bekor qilishga va pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turishga yoki pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turishni rad etishga haqli.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.