Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish ayblanuvchi, sudlanuvchi surishtiruvdan, dastlabki tergovdan va suddan bo'yin tovlashining oldini olish, uning bundan keyingi jinoiy faoliyatining oldini olish, hukmning ijro etilishini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ayblanuvchi yoki sudlanuvchi pasportdan (harakatlanish hujjatidan) foydalanib, xorijda harakatlanishi mumkin, deb hisoblashga yetarli asoslar mavjud bo'lsa, mazkur pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishi to'xtatib turilishi mumkin.
Ayblanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish to'g'risidagi masala ushbu bobda belgilangan tartibda, sudlanuvchi pasportining (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish haqidagi masala esa, ushbu Kodeksning 423-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan hal qilinadi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish faqat davlatlararo yoki xalqaro qidiruv e'lon qilingan ayblanuvchiga yoki sudlanuvchi shaxsga nisbatan qo'llaniladi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish O'zbekiston Respublikasi fuqaroligini tugatishga yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsning huquqiy maqomini bekor qilishga sabab bo'lmaydi.
Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish deganda pasportning, biometrik pasportning, xorijga chiqish uchun biometrik pasportning va fuqaroligi bo'lmagan shaxs harakatlanish hujjatining amal qilishini vaqtinchalik to'xtatib turish tushuniladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
254¹-modda. Pasportning (harakatlanish hujjatining) amal qilishini to'xtatib turish maqsadi va asoslari
(254¹-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 15 августдаги ЎРҚ-1081-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 15.08.2025 й., 03/25/1081/0738-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.