Munosib xulq-atvorda bo'lish haqidagi tilxat ayblanuvchining yoki sudlanuvchining surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga tergov va suddan yashirinmaslik, jinoyat ishi bo'yicha haqiqatni aniqlashga to'sqinlik qilmaslik, jinoiy faoliyat bilan shug'ullanmaslik, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sudning chaqiruvi bilan yetib kelish haqida bergan yozma majburiyatidan iboratdir. Tilxat beruvchi shaxs bundan tashqari o'z zimmasiga surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudning ijozatisiz ushbu aholi punktidan chiqib ketmaslik va shu aholi punkti doirasida istiqomat joyini o'zgartirsa, bu haqda ularni xabardor qilish majburiyatini oladi.
Ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o'z zimmasiga olgan majburiyatlarini buzgan taqdirda unga nisbatan jiddiyroq ehtiyot chorasi qo'llanilishi mumkin, bu haqda u tilxat olish chog'ida ogohlantiriladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
250-modda. Munosib xulq-atvorda bo'lish haqidagi tilxat
(250-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.