Surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud jinoyat yuz berganligini, uning sodir etilishida kim aybdorligini, shuningdek u bilan bog'liq barcha holatlarni aniqlashi shart.
Ish bo'yicha haqiqatni aniqlash uchun faqat ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda topilgan, tekshirilgan va baholangan ma'lumotlardan foydalanish mumkin. Gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan, sudlanuvchidan, jabrlanuvchidan, guvohdan va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslardan zo'rlash, qo'rqitish, huquqlarini cheklash va qonunga xilof bo'lgan o'zgacha choralar bilan ko'rsatuvlar olishga harakat qilish man etiladi.
Ish bo'yicha isbotlanishi lozim bo'lgan barcha holatlar sinchkovlik bilan, har tomonlama, to'la va xolisona tekshirib chiqilishi kerak. Ishda yuzaga keladigan har qanday masalani hal qilishda ayblanuvchini yoki sudlanuvchini ham fosh qiladigan, ham oqlaydigan, shuningdek uning javobgarligini ham yengillashtiradigan, ham og'irlashtiradigan holatlar aniqlanishi va hisobga olinishi lozim.
Dalillarni to'plash va mustahkamlashda ruxsat berilmagan usullar qo'llanilganligi to'g'risidagi murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda sud-tibbiy ekspertizasi yoki boshqa ekspertiza o'tkazilgan holda majburiy tekshirilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
22-modda. Haqiqatni aniqlash
(22-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.