Ashyoviy, yozma va raqamli dalillar sifatida foydalaniladigan narsalar, hujjatlar, elektron ma'lumotlar va boshqa yozuvlar hodisa sodir bo'lgan joyni yoki boshqa joylarni, binolarni, shuningdek texnika vositalarini, telekommunikatsiya tarmoqlarini yoki Internet jahon axborot tarmog'ini ko'zdan kechirish chog'ida, tanib olish uchun ko'rsatish, guvohlantirish, murdani eksgumatsiya qilish, ekspert tekshiruvi uchun namunalar olish, ko'rsatuvni hodisa yuz bergan joyda tekshirish chog'ida, olib qo'yish, tintuv yoki eksperiment o'tkazish chog'ida olinishi mumkin yoxud ular ushbu Kodeksning 198 — 202-moddalarida nazarda tutilgan tartibda tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organning mansabdor shaxsiga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga taqdim etilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
205-modda. Ashyoviy, yozma va raqamli dalillarni olish usullari
(205-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.