Jinoyat-protsessual kodeksi

198-modda. Narsalarni ularning egasi bo'lmish shaxslar tashabbusi bilan surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilish

(198-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 11 июндаги ЎРҚ-1151-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.06.2026 й., 03/26/1151/0589-сон)

Fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rahbarlari va boshqa mansabdor shaxslari o'z fikrlariga ko'ra ish uchun ahamiyatga molik bo'lgan narsalarni surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim qilishga haqlidir. Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud taqdim qilingan narsani ushbu Kodeksning 136, 137, 139 va 140-moddalarida bayon qilingan qoidalarga asosan ko'zdan kechirishi, agar taqdim qilingan narsani ish uchun ahamiyatli deb topsa yoki kelgusida ahamiyati bo'lishi mumkin deb hisoblasa, uni qabul qilishi shart. Shuningdek ushbu ish uchun ahamiyatli bo'lmagan, lekin muomaladan chiqarilgan narsalar (qurollar, giyohvandlik vositalari, pornografiya nashrlari va boshqalar) ham qabul qilib olinishi lozim. Ish uchun ahamiyatli bo'lmagan va muomaladan chiqarilmagan narsalar taqdim qilingan hollarda, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud ularni ko'zdan kechirib bo'lganidan keyin egalariga darhol qaytarib beradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.