Jinoyat-protsessual kodeksi

194-modda. Shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan namunalar olish tartibi

Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli shaxsni, shuningdek undan namuna olish to'g'risidagi qarorni yoki ajrimni shifokorga yoki boshqa mutaxassisga yuboradi. Shifokorni, boshqa mutaxassisni, xolislarni rad etish masalasini qaror yoki ajrim chiqargan surishtiruvchi, tergovchi yoki sud hal qiladi. Shifokor yoki boshqa mutaxassis zarur harakatlarni bajaradi va ekspert tekshiruvi uchun namunalar oladi. Bunda og'riq bermaydigan hamda inson hayoti va salomatligi uchun xavfli bo'lmagan ilmiy-texnikaviy vositalardan foydalanilishi mumkin. Namunalar o'ralib va muhrlanib, surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga yuboriladi. Tekshirish uchun hayvonlardan namunalar olish zarurati tug'ilsa, surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tegishli qarorni yoxud ajrimni veterinarga yoki boshqa mutaxassisga yuboradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.