Jinoyat-protsessual kodeksi

188-modda. Namunalarning turlari va ularni olish usullari

(188-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2010 йил 1 июндаги ЎРҚ-250-сон Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2010 й., 22-сон, 174-модда)

Surishtiruvchi, tergovchi yoki sud tirik odamning, murdaning, hayvonning, o'simlikning, buyumning, materialning yoki moddaning xususiyatlarini o'zida aks ettiruvchi namunalar olishga, basharti ularning ekspert tekshiruvi ekspert oldiga qo'yilgan savollarni hal qilish uchun zarur bo'lsa, haqlidir. Tirik odamdan o'zida uning xususiyatlarini aks ettiruvchi: biologik — qon, soch, so'lak, inson organizmidan ajralib chiqadigan moddalar; psixofizik — dastxat; anatomik — teri naqshining chiziqlari, tish qoliplari; shuningdek ovozning xususiyatlari, kasb malakasini aks ettiruvchi namunalar olinishi mumkin. Murdani ko'zdan kechirishda ham tekshiruv o'tkazish uchun kerakli moddiy namunalar olinishi mumkin. Namuna tariqasida xom ashyo, mahsulot va boshqa materiallardan moddaning turga oid yoki o'ziga xos fizik yoxud kimyoviy xossalarini aks ettiruvchi namunalar olinishi mumkin. Tekshiruv o'tkazish jarayonida ekspert gilza, o'q, buzish asboblari va boshqa ob'yektlarning tajriba namunalarini tayyorlashga va ularning eksperimental izlariga qarab, o'xshashlik yoki farqlanish masalasini hal etishga haqlidir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.