Tekshirilayotgan sub'yektning mansabdor shaxsi yoki vakili turgan joy noma'lum bo'lgan taqdirda, taftish o'tkazuvchi shaxs taftishni tayinlash to'g'risidagi qarorning yoki ajrimning va vakolatli organning taftish o'tkazish haqidagi buyrug'ining ko'chirma nusxalarini tekshirilayotgan sub'yektning yuridik manziliga va uning mansabdor shaxsining yashash joyi manziliga uch ish kuni ichida buyurtma xat bilan yuboradi. Bunday holda buyurtma xat yuborilgan sana taftish o'tkazish boshlangan sana deb hisoblanadi.
Tekshirilayotgan sub'yekt mansabdor shaxsining yoki vakilining yo'qligi taftishni bekor qilish uchun asos bo'lmaydi. Bunday holda taftish tekshirilayotgan sub'yektning moliya-xo'jalik faoliyati to'g'risidagi, ishda mavjud bo'lgan hujjatlar, axborot va materiallar asosida o'tkaziladi.
Tekshirilayotgan sub'yektning hujjatlari, axboroti va materiallari yo'qotilgan, yo'q qilingan yoki mavjud bo'lmagan taqdirda, taftish o'tkazuvchi shaxs taftishni tayinlash to'g'risidagi qarorda yoki ajrimda ko'rsatilgan masalalarni o'rganishni soliq, valyutaga oid, buxgalteriya to'g'risidagi qonunchilikka va boshqa qonunchilikka muvofiq o'tkazishi mumkin.
Taftish natijalari to'g'risidagi dalolatnoma tekshirilayotgan sub'yektning yuridik manziliga va dalolatnomaning ko'chirma nusxasi tekshirilayotgan sub'yekt mansabdor shaxsining yashash joyiga buyurtma xatlar bilan yuborilgan kun taftish o'tkazish tugallangan kun deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
187⁶-modda. Ayrim hollarda taftish o'tkazish tartibi
(187⁶-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.