Tekshirilayotgan sub'yektning mansabdor shaxslari yoki vakillari quyidagilarga haqli:
tekshiruvchi shaxslardan taftish o'tkazish uchun asos bo'lgan hujjatlarni talab qilish, xizmat guvohnomasi, shuningdek taftishga ruxsat berish to'g'risidagi maxsus guvohnoma bilan tanishish;
o'z faoliyati taftishdan o'tkazilishi to'g'risida tegishli axborotga ega bo'lish, taftish o'tkazuvchi shaxslar tomonidan tadbirlar o'tkazilishi chog'ida tushuntirishlar berish va ularda hozir bo'lish;
taftish o'tkazuvchi shaxslarning o'z vakolatiga kirmaydigan masalalarga doir talablarini bajarmaslik va ushbu shaxslarni taftish mavzuiga taalluqli bo'lmagan hujjatlar, axborot va materiallar bilan tanishtirmaslik;
xizmat guvohnomasini, taftishga ruxsat berish to'g'risidagi maxsus guvohnomani, taftishni tayinlash haqidagi qarorning yoki ajrimning, vakolatli organning taftish o'tkazish to'g'risidagi buyrug'ining ko'chirma nusxalarini taqdim etmagan shaxslarni taftish o'tkazish uchun hududga va binolarga kiritmaslik, shuningdek taftish muddatlari boshlanmagan yoki o'tib ketgan yoxud taftish o'tkazuvchi shaxs tekshiruvlarni ro'yxatdan o'tkazish kitobini to'ldirishni rad etgan taqdirda, hududga va binolarga kiritmaslik;
taftish tugallangan kunda taftish natijalari to'g'risidagi dalolatnomaning bir nusxasini taftish o'tkazuvchi shaxslardan olish;
qonunchilikda belgilangan tartibda taftish natijalari ustidan shikoyat qilish, shu jumladan surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga qo'shimcha yoki qayta taftish tayinlash to'g'risida iltimosnoma kiritish yo'li bilan shikoyat qilish.
Tekshirilayotgan sub'yektning mansabdor shaxslari yoki vakillari:
taftish o'tkazuvchi shaxslarni taftish o'tkazish uchun hududga va binolarga kiritishi;
taftish o'tkazish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni, axborotni va materiallarni taftish o'tkazuvchi shaxslarning qonuniy talabiga ko'ra taqdim etishi;
taftish o'tkazuvchi shaxslarning o'z majburiyatlarini bajarishida ularga ko'maklashishi shart.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
187¹⁰-modda. Tekshirilayotgan sub'yekt mansabdor shaxslarining yoki vakillarining huquqlari va majburiyatlari
(187¹⁰-модда биринчи қисмининг еттинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.