Jinoyat-protsessual kodeksi

18-modda. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish

(18-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 30 ноябрдаги ЎРҚ-651-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 01.12.2020 й., 03/20/651/1577-сон)

Jinoyat ishini yuritish uchun mas'uliyatli barcha davlat organlari va mansabdor shaxslar jinoyat protsessida qatnashayotgan fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilishlari shart. Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas. Sud va prokuror qonunga xilof ravishda ozodlikdan mahrum etilgan yoki qonun yoxud sud hukmida nazarda tutilganidan ortiq muddat hibsda ushlab turilgan yoki qamoqda saqlangan yoxud uy qamog'ida bo'lgan har qanday shaxsni darhol ozod qilishi shart. Fuqarolarning shaxsiy hayoti, ularning turar joylari daxlsizligi, o'zaro yozishmalari, telegraf aloqalari va telefon orqali so'zlashuvlarining sir saqlanishi qonun bilan qo'riqlanadi. Shaxs egallab turgan turar joy yoki boshqa bino va hududda tintuv o'tkazish, olib qo'yish, ko'zdan kechirish, aloqa muassasalarida pochta-telegraf jo'natmalarini xatlab qo'yish va ularni olib qo'yish, telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish faqat ushbu Kodeksda belgilangan hollarda va tartibda amalga oshirilishi mumkin. Ishni yuritish jarayonida shaxsning huquq va erkinliklarini buzish oqibatida unga yetkazilgan zarar ushbu Kodeksda belgilangan asoslar va tartibda undirilishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.