Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni hamda qayd qilishni amalga oshirgan shaxs ishga aloqador axborotning mazmunini bayon etgan holda bayonnoma tuzadi. So'zlashuvlar, xabarlar va ma'lumotlar yozuvi muhrlanadi hamda bayonnomaga qo'shib qo'yiladi.
Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish bayonnomasida abonentning raqami, eshitib turish va qayd qilish vaqti hamda joyi, foydalanilgan texnik vositalarning turi va modeli, bu ishlarni amalga oshirgan shaxslar to'g'risidagi ma'lumotlar, shuningdek ish uchun ahamiyatga ega bo'lishi mumkin bo'lgan boshqa ma'lumotlar ham aks ettiriladi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
171-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turish, ular orqali uzatiladigan axborotni olish bayonnomasi
(21-боб Ўзбекистон Республикасининг 2020 йил 30 ноябрдаги ЎРҚ-651-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 01.12.2020 й., 03/20/651/1577-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.