Jinoyat-protsessual kodeksi

169¹-modda. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish

Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to'g'risidagi iltimosnoma surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari bo'yicha tuman (shahar) sudining tergov sudyasi tomonidan, mazkur sudning sudyasi bo'lmagan yoxud telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqishda uning ishtirokini istisno etuvchi holatlar mavjud bo'lgan taqdirda esa Qoraqalpog'iston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi raisining ko'rsatmasiga binoan boshqa tegishli sudning tergov sudyasi tomonidan yakka tartibda ko'rib chiqiladi. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to'g'risidagi iltimosnoma materiallar kelib tushgan paytdan e'tiboran sakkiz soatdan kechiktirmay yopiq sud majlisida ko'rib chiqiladi. Sud majlisida prokuror, tergovchi, surishtiruvchi ishtirok etadi. Telefonlar va boshqa telekommunikatsiya qurilmalari orqali olib boriladigan so'zlashuvlarni eshitib turishni, ular orqali uzatiladigan axborotni olishni amalga oshirish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish prokurorning ma'ruzasi bilan boshlanadi, u mazkur tergov harakatini o'tkazish zaruratini asoslab beradi, keyin taqdim etilgan materiallar tekshiriladi. Shundan keyin sudya ajrim chiqarish uchun alohida xonaga kiradi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.