Pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash qaror chiqargan sudni albatta xabardor etgan holda, surishtiruvchi, tergovchi tomonidan prokurorning roziligi bilan yoki bu chorani qo'llashga zarurat qolmasa, sud tomonidan bekor qilinadi. Surishtiruv yoki dastlabki tergov bosqichida ish tugatilganda, birinchi instantsiya sudida esa, ishni tugatish haqida ajrim chiqarilganda yoxud hukm qonuniy kuchga kirgach, xatlab qo'yish chorasi bekor qilinishi lozim.
Pochta-telegraf jo'natmalarini xatlash chorasining bekor qilinganligi aynan bir shaxsga nisbatan pochta-telegraf jo'natmalarini xatlab qo'yish to'g'risidagi iltimosnoma bilan sudga takroran murojaat etishga monelik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat-protsessual kodeksi
168-modda. Pochta-telegraf jo'natmalarini xatlab qo'yishni bekor qilish
(168-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 сентябрдаги ЎРҚ-442-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 36-сон, 943-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.