Jinoyat-protsessual kodeksi

147-modda. Guvohlantirish bayonnomasi

Guvohlantirish o'tkazilganligi haqida ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq surishtiruvchi yoki tergovchi bayonnoma tuzadi, sud esa guvohlantirish jarayoni va natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomada guvohlantirish o'tkazgan shaxsning hamma harakatlari va guvohlantirish davomida aniqlangan barcha izlar, xususiyatlar va belgilar qayd etilgan bo'lishi lozim. Guvohlantirish shifokor yoki boshqa mutaxassis tomonidan o'tkazilgan bo'lsa, u bayonnoma tuzadi va imzolaydi, guvohlantirilgan shaxs va xolislar ham imzolaganidan so'ng bayonnomani tegishincha surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga taqdim etadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.