Jinoyat-protsessual kodeksi

141-modda. Ko'zdan kechirish bayonnomasi

(141-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 21 ноябрдаги ЎРҚ-1003-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.11.2024 й., 03/24/1003/0943-сон)

Ushbu Kodeksning 90 — 92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organning mansabdor shaxsi, surishtiruvchi yoki tergovchi ko'zdan kechirish o'tkazilganligi to'g'risida bayonnoma tuzadi, sud esa ko'zdan kechirish jarayonini va uning natijalarini sud majlisi bayonnomasida qayd etadi. Bayonnomada ko'zdan kechirish davomida topilgan barcha narsalar, ular qanday tartibda ko'zdan kechirilgan bo'lsa, xuddi shu tartibda, ko'zdan kechirish paytida qanday holatda kuzatilgan bo'lsa, xuddi shu holatda qayd etiladi. Ko'zdan kechirish chog'ida topilgan va olingan barcha izlar, narsalar, hujjatlar va elektron ma'lumotlar sanab o'tiladi. Olingan buyumning egasiga tegishli ma'lumotnoma yoki bayonnomaning nusxasi beriladi. Bundan tashqari, bayonnomada: ko'zdan kechirish qaysi vaqtda, qanday ob-havoda va qanday yorug'likda o'tkazilganligi; qanday ilmiy-texnika vositalari qo'llanilganligi va qanday natijalar olinganligi; ko'zdan kechirishda ko'maklashish uchun kimlar jalb qilinganligi va ko'maklashish nimada o'z aksini topganligi; qanday narsalar va hujjatlar qay tartibda va qanday muhr bilan muhrlanganligi; ko'zdan kechirilganidan keyin murda va ish uchun ahamiyatli bo'lgan narsalarning qayerga yuborilganligi ko'rsatilgan bo'lishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.