Jinoyat-protsessual kodeksi

125-modda. Tanib olish uchun ko'rsatish asoslari

Tanib olish uchun ko'rsatish guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining biror shaxs yoki narsa to'g'risidagi ko'rsatuvini tekshirib ko'rish uchun quyidagi hollarda amalga oshiriladi: 1) bu ko'rsatuv muayyan bir shaxs yoki muayyan bir narsaga oid ekanligini aniqlash zarur bo'lganda; 2) surishtiruvchi, tergovchi yoki sudga ma'lum bo'lgan ko'plab shaxs yoki narsalar orasidan ko'rsatuvda tasvirlab berilgan shaxs yoki narsani topish zarur bo'lganda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.