Criminal Procedure Code

121⁴-modda. Ko'rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo'yish tartibi

Guvohning, jabrlanuvchining (fuqaroviy da'vogarning) ko'rsatuvlarini oldindan mustahkamlab qo'yish sudda so'roq qilish tartibiga rioya etilgan holda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va zarurat bo'lganda protsessning boshqa ishtirokchilari ishtirokida sud majlisida ushbu Kodeksning 442-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Ko'rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo'yish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish prokurorning ma'ruzasi bilan boshlanadi, u ko'rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo'yish zarurligini asoslaydi. Sud majlisi audio- va videoyozuvdan foydalangan holda, shuningdek videokonferentsaloqa rejimida o'tkazilishi mumkin. Ko'rsatuvlarni oldindan mustahkamlash jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchining ishtiroki guvoh yoki jabrlanuvchi (fuqaroviy da'vogar)ning xavfsizligiga tahdid soladigan yoki ruhiy holatiga ta'sir qiladigan bo'lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud majlisiga chaqirilmaydi. Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi ko'rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo'yish to'g'risidagi iltimosnomani ko'rib chiqish uchun monelik qilmaydi. Agar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki himoyachi uzrli sabablarga ko'ra kelmagan va bu haqda sudga oldindan xabar bergan bo'lsa, ko'rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo'yishga doir harakatlarning amalga oshirilishi keyinga qoldirilishi mumkin. Guvohning yoki jabrlanuvchining (fuqaroviy da'vogarning) ko'rsatuvlarini oldindan mustahkamlab qo'yishga doir harakatlar amalga oshirilganligi haqida ushbu Kodeksning 426, 427-moddalari talablariga muvofiq sud majlisining bayonnomasi tuziladi. Taraflar sud majlisi bayonnomasining ko'chirma nusxasini, shuningdek o'z hisobidan audio- va videoyozuvlarni olishga hamda sud majlisining bayonnomasi yuzasidan o'z mulohazalarini berishga haqlidir. Sudya sud majlisining bayonnomasi yuzasidan berilgan mulohazalarni darhol ko'rib chiqadi va ularni qabul qilish yoki rad etish to'g'risida qaror chiqaradi. Sud majlisining bayonnomasi, audio- va videoyozuvlar, bayonnoma yuzasidan berilgan mulohazalar va ularni ko'rib chiqish natijasi bo'yicha qabul qilingan qaror jinoyat ishi materiallariga qo'shish uchun prokurorga yuboriladi. Bayonnomaning va unga ilova qilingan materiallarning ko'chirma nusxalari sudda saqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

NIMANI ANGLATADI Ko'rsatuvlarni oldindan mustahkamlab qo'yish — guvoh yoki jabrlanuvchining so'zlari, fikrlari va ma'lumotlarini sud majlisida rasmiy ravishda yozib olish va saqlab qo'yish. Bu jarayon sudda, prokuror, himoyachi va boshqa tomonlar ishtirokida video yoki audio orqali amalga oshiriladi. Agar guvoh yoki jabrlanuvchi keyinroq sud majlisiga kela olmasa, bu oldindan yozilgan ma'lumotlar dalil sifatida ishlatiladi. KIMGA TEGISHLI Ushbu tartibi sud, prokuror, surishtiruvchi, tergovchi, ayblanuvchi, himoyachi va guvohlar qo'llaydi. AMALDA Masalan, xavfli guvoh bo'lgan ayol o'zining xavfsizligi uchun sud majlisiga kelishni istamaydi. Shuning uchun uning ko'rsatuvlari oldindan video orqali sud majlisida yozib olinadi. Keyinroq bu video jinoyat ishida dalil sifatida ishlatiladi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.