Jinoyat kodeksi

88-modda. Majburlov choralari

(88-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan quyidagi majburlov choralari qo'llaniladi: a) sud belgilaydigan shaklda jabrlanuvchidan uzr so'rash majburiyatini yuklash; b) o'n olti yoshga to'lgan shaxs zimmasiga yetkazilgan zararni o'z mablag'i hisobidan yoki mehnati bilan to'lash yoki bartaraf qilish majburiyatini yuklash. Ushbu chora agar yetkazilgan zarar belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining o'n baravaridan oshib ketmagan bo'lsa qo'llaniladi. Boshqa hollarda yetkazilgan zarar fuqaroviy huquqiy tartibda undiriladi; v) voyaga yetmaganni maxsus o'quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish. Voyaga yetmagan shaxslarni maxsus o'quv-tarbiya muassasalarida bo'lish muddati va shartlari O'zbekiston Respublikasining qonunchiligi bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.