Voyaga yetmaganlarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi bir oydan o'n yilgacha muddatga tayinlanadi, ushbu Kodeks 86-moddasining ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida o'n to'rt yoshdan o'n olti yoshgacha bo'lgan shaxslarga nisbatan:
b) og'ir jinoyat uchun — olti yilgacha;
v) o'ta og'ir jinoyat uchun — o'n yilgacha muddatga tayinlanadi.
Ozodlikdan mahrum qilish jinoyat sodir etish paytida o'n olti yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslarga nisbatan:
b) og'ir jinoyat uchun — yetti yilgacha;
v) o'ta og'ir jinoyat uchun — o'n yilgacha muddatga tayinlanadi.
Voyaga yetmay turib ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi.
Hukm chiqarish paytida o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosini tarbiya koloniyalarida o'tash tayinlanadi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
85-modda. Ozodlikdan mahrum qilish
(85-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 23 октябрдаги ЎРҚ-1092-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 24.10.2025 й., 03/25/1092/0976-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.