Majburiy jamoat ishlari faqat mehnatga layoqatli voyaga yetmaganlarga nisbatan oltmish soatdan ikki yuz qirq soatgacha bo'lgan muddatga tayinlanadi. Majburiy jamoat ishlari voyaga yetmaganlarning sog'lig'iga va ma'naviy jihatdan rivojlanishiga zarar yetkazmasligi, o'qish jarayonini buzmasligi lozim.
O'n olti yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo'lgan shaxslar tomonidan majburiy jamoat ishlarini bajarish muddati, agar qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, olti oy davomida kuniga ikki soatdan oshmasligi, mahkumga bog'liq bo'lmagan holatlar yuzaga kelgan taqdirda esa, bir yilgacha bo'lgan muhlatda kuniga ikki soatdan oshmasligi kerak.
Mahkum jazoni o'tashdan bo'yin tovlagan taqdirda, sud majburiy jamoat ishlarining o'talmagan muddatini majburiy jamoat ishlarining to'rt soatini ozodlikni cheklashning yoki ozodlikdan mahrum qilishning bir kuniga tenglashtirgan holda hisoblab, ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo bilan almashtiradi. Jazoni o'tashdan bo'yin tovlanilgan vaqt jazoning o'talgan muddatiga qo'shib hisoblanmaydi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
82¹-modda. Majburiy jamoat ishlari
(82¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сонли Қонунига асосан киритилган — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.