Jinoyat kodeksi

66-modda. Aybdor o'z qilmishiga amalda pushaymon bo'lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish

(66-модда Ўзбекистон Республикасининг 2010 йил 27 декабрдаги ЎРҚ-277-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2010 й., 52-сон, 509-модда)

Ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyatni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u aybini bo'yniga olish to'g'risida arz qilgan, chin ko'ngildan pushaymon bo'lgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo'lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida ko'rsatilgan hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs o'z qilmishiga amalda pushaymon bo'lgan taqdirda javobgarlikdan ozod qilinishi lozim.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.