Criminal Code

64-modda. Javobgarlikka tortish muddatining o'tib ketganligi munosabati bilan jinoyat uchun javobgarlikdan ozod qilish

(64-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2018 йил 20 июлдаги ЎРҚ-485-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 21.07.2018 й., 03/18/485/1552-сон)

Agar jinoyat sodir etilgan kundan boshlab quyidagi muddatlar: a) ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — ikki yil; b) uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — to'rt yil; v) og'ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — sakkiz yil; g) o'ta og'ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab — o'n to'rt yil o'tgan bo'lsa, shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi. Javobgarlikka tortish muddati jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hukm qonuniy kuchga kirgan kungacha hisoblanadi. Agar jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs tergov yoki suddan yashirinsa, muddatning o'tishi to'xtatiladi. Aybdor ushlangan yoki aybini bo'yniga olib arz qilgan kundan boshlab muddatning o'tishi qaytadan tiklanadi. Agar og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat sodir etgan shaxs ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar o'tmasdan qasddan yangi jinoyat sodir etsa, muddatning o'tishi uziladi. Bunday holda javobgarlikka tortish muddatlari yangi jinoyat sodir etilgan kundan boshlab hisoblanadi. Qolgan hollarda, agar shaxs javobgarlikka tortish muddatlari o'tmasdan yangi jinoyat sodir etsa, bu muddatlar har bir jinoyat uchun alohida hisoblanadi. Agar ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan yoki uncha og'ir bo'lmagan jinoyat sodir etilgan kundan boshlab o'n yil, og'ir yoki o'ta og'ir jinoyat sodir etilgan kundan boshlab yigirma besh yil o'tgan bo'lsa, shaxs javobgarlikka tortilishi mumkin emas. Ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlash nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan, javobgarlikka tortish muddatlarini qo'llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud javobgarlikka tortish muddatini qo'llashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi o'rniga ozodlikdan mahrum qilish tayinlanadi. Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu Kodeksning 150 — 157-moddalarida, 158-moddasining birinchi qismida, 159-moddasining uchinchi va to'rtinchi qismlarida, 160, 161 va 244²-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan qo'llanilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Oddiy tilda

**Nimani anglatadi** Bu modda jinoyat sodir etilganidan keyin ma'lum vaqt o'tib ketsa, odam javobgarlikdan ozod bo'ladi degan qoidani belgilaydi. Vaqt jinoyatning og'irligi darajasiga qarab turli xil: engil jinoyat uchun 2 yil, o'rta uchun 4 yil, og'ir uchun 8 yil, juda og'ir uchun 14 yil. Agar bu muddatlar o'tib ketsa, hatto jinoyat sodir etgan odam ham javobgarlik chekmasdan qoladi. **Kimga tegishli** Bu qoida jinoyat sodir etgan har qanday shaxsga tegishli, lekin ba'zi maxsus jinoyatlar bundan mustasno. **Amalda** Agar odam 2020 yilda kichik jinoyat sodir etsa va 2022 yilga kelib topilmasa, javobgarlikdan ozod bo'ladi. Lekin agar u yashirinib yursa, muddatning hisobi to'xtaydi va u topilgandan keyin qaytadan boshlanadi.

Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Jinoyat to‘g‘risida arizaIIB yoki prokuraturaga: o‘g‘irlik, firibgarlik, tan jarohati va boshqalar.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.