Xizmat bo'yicha cheklash — harbiy xizmatni kontrakt bo'yicha o'tayotgan harbiy xizmatchini sud hukmida ko'rsatilgan muddat davomida muayyan huquq va imtiyozlardan mahrum qilib, pul ta'minotining o'n foizidan o'ttiz foizigacha bo'lgan miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolishdan iboratdir.
Xizmat bo'yicha cheklash jazo chorasi ushbu Kodeks Maxsus qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda ikki oydan uch yilgacha muddatga qo'llaniladi. Ijtimoiy xavfi katta bo'lmagan jinoyat yoki og'ir oqibatlarni keltirib chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat uchun sud ish holatlari va mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko'p bo'lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosi o'rniga shu muddatga xizmat bo'yicha cheklash jazosini qo'llashi mumkin.
Xizmat bo'yicha cheklash tariqasidagi jazoni o'tash muddati davomida mahkumning mansabini, harbiy yoki maxsus unvonini oshirish mumkin emas, jazoni o'tagan vaqt esa, uning ko'p yil ishlaganlik, navbatdagi harbiy yoki maxsus unvon hamda pensiya olish uchun asos bo'ladigan xizmat muddatiga qo'shilmaydi.
lex.uz’dagi asl matnJinoyat kodeksi
47-modda. Xizmat bo'yicha cheklash
(47-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 мартдаги ЎРҚ-421-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2017 й., 13-сон, 194-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.