Jinoyat kodeksi

37-modda. Zaruriy mudofaa

Zaruriy mudofaa holatida sodir etilgan, ya'ni mudofaalanuvchi yoxud boshqa kishining shaxsi yoki huquqlarini, jamiyat yoki davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan tajovuzchiga zarar yetkazgan holda himoya qilish chog'ida qilingan harakat, agar zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqilmagan bo'lsa, jinoyat deb topilmaydi. Tajovuzning xususiyati va xavfliligi darajasiga butunlay muvofiq kelmaydigan mudofaa, zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqish deb topiladi. Boshqa shaxslarga yoki hokimiyat organlariga yordam so'rab murojaat qilish yoxud tajovuzdan o'zga yo'sinda qutulish imkoniyati bor-yo'qligidan qat'i nazar, zaruriy mudofaa huquqi shaxsga tegishlidir. Zarar yetkazish maqsadida qasddan hujum qilish istagini qo'zg'atish zaruriy mudofaa deb topilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.